» » Peruda 4 oydan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir 75 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Peruda 4 oydan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir 75 kishining hayotiga zomin bo‘ldi


Peruda 2016-yilning dekabridan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida 75 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy operatsiya markazi (COEN) ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Qutqaruvchilarning baholashicha, tabiiy ofat oqibatida 626,2 ming kishi jabr ko‘rdi, 99,5 ming odam boshpanasiz qoldi. Mamlakatdagi 134 ming bino zarar ko‘rdi.

Mavzuga doir: Peruda suv toshqini va uning oqibatlari (fotogalereya)

Xabarda qayd etilishicha, yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida Peru shimoli-g‘arbidagi Pyura hududi eng ko‘p zarar ko‘rdi. Mamlakat Mudofaa vaziri Xorxe Nyetoning aytishicha, ofat oqibatida jabr ko‘rganlarning uchdan biri aynan shu hududda istiqomat qiladi.

Qo‘shni Ekvadorda davomiy yomg‘ir va suv toshqinlari 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют