» » “IIB fermerlar ortidan quvgan, YPX klaster avtomobillarini jarima maydoniga olib ketmoqda”. Qashqadaryoda IIB xodimlari boshqarma boshlig‘i buyrug‘iga zid ish qilmoqda

“IIB fermerlar ortidan quvgan, YPX klaster avtomobillarini jarima maydoniga olib ketmoqda”. Qashqadaryoda IIB xodimlari boshqarma boshlig‘i buyrug‘iga zid ish qilmoqda


Qashqadaryoda g‘alati ishlar bo‘lmoqda. Qarshi tumani IIB xodimlari fermerlar ortidan quvib, bo‘sh shartnomaga muhr bosib, imzo qo‘yishga majburlayotgan bo‘lsa, YPX inspektorlari klasterga tegishli avtomobillarni yoppasiga jarima maydoniga olib ketmoqda.

Qarshi tumanining Cho‘libo‘ston hududida faoliyat yurituvchi fermerlar — Mahmayusuf Mahmudov, Xursand Bekpo‘latova, Bahodir O‘tayevning xabar berishicha, tuman IIB xodimlari 14-aprel kuni ertalab soat 06:00 dan boshlab fermerlarni bezovta qilishni boshlagan.

“Ertalab 06:00 da telefon qilib, meni chaqirdi. ‘Klaster tugatildi, pechat bosib imzo qo‘ying’ deb bo‘sh shartnoma berdi. Imzo qo‘ymayman degandim, ‘Klasterni tugatish bo‘yicha, Prezident qarori bor. Nega qarshi chiqyapsan? Sen bilan ertaga alohida gaplashamiz’ dedi”, — deydi Bahodir O‘tayev.

Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova bilan bog‘lanib, holat bo‘yicha izoh so‘radik. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Iroda Rasulova tuman IIB rahbariga bu haqda xabar berilganini, IIB xodimlarining noqonuniy xatti-harakati to‘xtatilganini aytdi. Iroda Rasulovaning ta’kidlashicha, IIB xodimlariga bunday topshiriq berilganidan viloyat IIB boshlig‘ining xabari bo‘lmagan.

Fermerlar Bahodir O‘tayev, Xursand Bekpo‘latova ham Iroda Rasulovaning gaplarini tasdiqlab, IIB xodimlari hududni tark etganini ma’lum qildi.

G‘alati ishlar Qarshi shahrida ham davom etmoqda. YPX inspektorlari klasterga tegishli barcha avtomobillarni yoppasiga jarima maydoniga olib ketmoqda. Bunga izoh so‘ragan haydovchilarga esa “‘Sultontex’ bugundan to‘xtatiladi, buyruq ham chiqib qoladi”, deyishayotgan ekan.

Aniqlanishicha, viloyat IIB boshlig‘i joriy yil 11-aprel kuni viloyatdagi “Sulton tex group” xususiy korxonasiga tegishli 27 ta yuk va yengil avtomobillarga viloyat hududi bo‘ylab harakatlanish uchun ruxsat bergan. Bu haqda maxsus xat yozilib, barcha blokpost mas’ullariga ma’lum qilingan. Shunga qaramasdan 14-aprel kuni klaster korxonaga tegishli 3 ta avtomobil jarima maydoniga olib ketilgan.

“Ko‘chaga ish bilan chiqqan avtomobillarimizni yoppasiga jarima maydoniga olib ketishmoqda, — deydi klaster rahbari Nurbek Ergashev. — Shu boisdan ham haydovchilarimiz va xodimlarimiz barcha ishini to‘xtatib, ko‘chaga chiqishmayapti.”

Holbuki, viloyat IIB boshlig‘i imzolagan va barcha blokpost mas’ullariga yuborilgan xat 11-aprel kuni chiqqan. Demak, YPX inspektorlari va Qarshi tuman IIB xodimlari boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga zid ish qilayotgan bo‘lib chiqadimi?

Mavzuga doir: Qashqadaryoda Prezident ishonch bildirgan klasterni tugatish uchun fermerlar bo‘sh shartnomaga muhr bosib, imzo qo‘yishga majburlanmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют