» » Volkswagen konserniga qarshi bir vaqtning o‘zida 250 ming odam da’vo arizasini kiritdi

Volkswagen konserniga qarshi bir vaqtning o‘zida 250 ming odam da’vo arizasini kiritdi


Volkswagen konsernining 250 mingdan ortiq mijozi nemis avtomobilsozlik kompaniyasiga qarshi tarixdagi eng katta kollektiv da’vo arizasini berdi. U 2015-yilda ma’lum bo‘lgan dizelgeytga tegishli — kompaniya avtomobillardan chiqadigan gazlar tarkibidagi zararli moddalar darajasini pasaytirib ko‘rsatgan. Mijozlar yektazilgan moddiy zarar qoplanishini talab qilmoqda. To‘lanadigan umumiy summa 800 million yevrodan oshib ketishi mumkin, deb xabar beradi  Handelsblatt.

Ayni vaqtda “aldangan” mijozlar soni 250-262 mingni tashkil etmoqda. Ular o‘z avtomobillarini yaxshi narxda sota olmagan: zararli moddalarning havoga chiqish darajasi pasaytirib ko‘rsatilgani ma’lum bo‘lgach, Volkswagen modellarining bozordagi narxi keskin tushib ketgan. Nemis konserni va iste’molchilarning federal birlashmasi da’voning barcha ishtirokchilari 20-aprelga qadar ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi haqida kelishib oldi.

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, Volkswagen mashina xarid qilingandagi narxning 15 foizi miqdorida kompensatsiya to‘laydi. Bu transport vositasining turi va ishlab chiqarilgan yiliga qarab 1350-6257 yevro oralig‘ida bo‘ladi. O‘z navbatida, yetkazilgan zararni qoplash uchun jami 830 million yevro kerak bo‘lishi mumkin.

Kompaniyaning qaroriga rozi bo‘lmaganlar individual tartibda da’vo kiritishlari mumkin. Bu holda ishni ko‘rib chiqish 2020-yilning oktabriga qadar davom etishi mumkin.

Bundan tashqari, Germaniya fuqarosi bo‘lmagan yoki avtomobilni 2015-yil 31-dekabrdan keyin xarid qilganlarga kompensatsiya to‘lanmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgustida Volkswagen kompaniyasi ijrochi direktori Oliver Shmidt AQShning Detroyt okrug sudidagi yig‘ilishda konsern dizel avtomobillarining zarari haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirish bo‘yicha aybdorligini tan olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют