» » Apple O‘zbekiston uchun App Store’dagi dasturlar narxini oshiradi. Bunga “Google solig‘i” sabab bo‘lishi mumkin

Apple O‘zbekiston uchun App Store’dagi dasturlar narxini oshiradi. Bunga “Google solig‘i” sabab bo‘lishi mumkin


Apple O‘zbekiston hududida App Store’dagi dasturlari narxi o‘zgarishini ma’lum qildi.

“Yaqin kunlar ichida App Store’dagi dasturlar va ilova ichidagi xaridlar narxi (avtomatik obunadan tashqari) Barbados, Moldova va O‘zbekistonda joriy etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha o‘zgaradi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya, shuningdek, dastur ishlab chiquvchilarga murojaat qilib, ularning daromadlari soliqsiz narx asosida tuzatilishi va hisoblab chiqilishini ma’lum qildi.

Ekspertlar bilan suhbatlashgan Spot nashrining yozishicha, bu 2020-yilning boshida O‘zbekistonda joriy etilgan “Google solig‘i”ga bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Google solig‘i”ga ko‘ra, elektron shaklda tovarlar va xizmatlarni ko‘rsatadigan, xizmat ko‘rsatish joyi O‘zbekiston bo‘lgan xorijlik yuridik shaxslar jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan bunday xizmatlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar sifatida tan olinadi. Mazkur yangilik Google, “Yandeks”, turli agregat va boshqa saytlarga taalluqli hisoblanadi.

“Apple xorijiy internet-kompaniyasi sifatida O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va endilikda QQS to‘laydi”, — deydi ekspertlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Davlat soliq qo‘mitasi xorijiy internet-kompaniyalar uchun QQS ofislarni yaratgan edi. O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda “Google solig‘i” belgilab qo‘yilgani haqida xabar berilgan. “Yandeks”ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori lavozimida bir necha yillar ishlagan Yevgeniy Lukyanchikov “Google solig‘i” ikki tomonlama soliqqa tortilishga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют