» » O‘zbekistonda “Google uchun soliq” joriy etildi

O‘zbekistonda “Google uchun soliq” joriy etildi


O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda Google uchun soliq solinishi belgilab qo‘yildi, deb xabar beradi Spot.

Unda aytilishicha, elektron shaklda tovarlar va xizmatlarni ko‘rsatadigan, xizmat ko‘rsatish joyi O‘zbekiston bo‘lgan xorijlik yuridik shaxslar jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan bunday xizmatlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar sifatida tan olinadi.

14 turdagi xizmatlar elektron xizmatlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Ular orasida qidiruv tizimlaridan foydalanish, potensial xaridorlari topish va ularga buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatish, internetda reklama xizmatini ko‘rsatish va boshqa xizmat turlari bor.

Ta’kidlanishicha, mazkur yangilik Google, “Yandeks”, turli agregat va boshqa saytlarga taalluqli hisoblanadi.

Ular oborotga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lashlari kerak. Soliq solinadigan baza ushbu xizmatlarning real narxlari asosida hisoblangan soliq summasini inobatga olgan holda ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatiga qarab belgilanadi.

Shuningdek, kompaniyalar yoki vositachilar xizmat ko‘rsatish boshlanganidan 30 kun ichida soliq idoralariga borib ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

“Google uchun soliq” boshqa davlatlarda ham bor, masalan, 2017-yildan beri Rossiyada. Chet elda ro‘yxatdan o‘tgan IT-kompaniyalar elektron xizmat ko‘rsatish orqali olgan daromadining 18 foizi miqdorida QQS to‘lashga majbur. 2018-yilda “Google uchun soliq” rossiyaliklarga 12 milliard rubl (180 million dollar) olib kelgan.

2019-yilning dekabr oyida Davlat soliq qo‘mitasi rahbari Behzod Musayev qo‘mita har bir soliq to‘lovchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan muassasalar yaratish uchun bosqichma-bosqich ish olib borishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Behzod Musayev soliq imtiyozlari nima uchun bekor qilinganiga izoh berdi

Avvalroq Soliq qo‘mitasining vakillari reklama ortidan pul topayotgan barcha soliq to‘lashi lozimligini ta’kidlagandilar. Ular orasidan Telegram-kanallar, Instagram va Facebook’dagi blogerlar o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют