» » Soliq inspeksiyalarida “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari tashkil etildi

Soliq inspeksiyalarida “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari tashkil etildi


Tadbirkorlar va soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida soliq inspeksiyalarida “Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish” darchalari tashkil etildi, deb xabar beradi soliq qo‘mitasi axborot xizmati.

“Hurmatli tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar!

Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida tuman hamda shahar davlat soliq inspeksiyalarida ‘Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish’ darchalari tashkil etildi. Ushbu darcha orqali Sizga soliq qonunchiligiga kiritilgan va kiritilayotgan o‘zgarishlardan xabardor etib borish, umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tayotgan soliq to‘lovchilarni davlat soliq xizmati organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlarida amaliy yordam ko‘rsatish, soliq to‘lovchilarga my.soliq.uz portali orqali shaxsiy kabinetda ishlash va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza jo‘natishda ko‘maklashiladi.

Agarda siz qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizalarni qog‘oz shaklida taqdim etish istagini bildirsangiz taqdim etilgan ariza ma’lumotlarini dasturiy mahsulga kiritilishi ta’minlanadi.

Undan tashqari, soliqlarni hisoblash tartibini, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lovlarni amalga oshirish muddatlarini tushuntirish, soliq to‘lovchilarga hisobot shakllarini to‘ldirish yuzasidan amaliy tavsiyalar beriladi.

Hisobvaraq-fakturalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, elektron hisobvaraq-fakturalarini afzalliklari tushuntirgan holda uni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam beriladi.

Unutmang sizga be’minnat xizmat ko‘rsatishdan va bu orqali sizning ishonchli hamkoringizga aylanishda soliq xizmati doimiy ko‘makchingizdir”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют