» » O‘zbekistondagi “Soliq-servis” markazlariga 1 700 dan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistondagi “Soliq-servis” markazlariga 1 700 dan ortiq murojaat kelib tushdi


Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan coliq to‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida mamlakatning 14 ta hududida “Soliq-servis” DUKning hududiy markazlari tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” ga qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hozirda mazkur hududiy markazlarda 238 nafar xodim faoliyat yuritib, ular orasidan viloyatlarning har bir tumani bo‘yicha tayinlangan bittadan vakil ushbu tumanlardagi soliq to‘lovchilar bilan doimiy asosda ishlaydi va soliq majburiyatlarini bajarishda xo‘jalik subyektlariga ko‘maklashadi.

Qolaversa, Davlat soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatlar tizimini takrorlamaydigan qo‘shimcha interaktiv xizmatlar ishlab chiqish, xususan, fermer xo‘jaliklari va kichik korxonalar uchun onlayn buxgalteriya yaratish kabi zamonaviy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, shaxsiy kabinetlar orqali elektron tarzda soliq to‘lovchilardan kelib tushadigan murojaatlarni individual ravishda ko‘rish va har biriga javob berishga qaratilgan “Coliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish” maxsus bo‘limi tashkil etildi.

Aholi va xo‘jalik subyektlariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida “Sall-markaz” maxsus servisi ishga tushirilgan. Mazkur markaz murojaatlarni qabul qilishda aloqa sifatini yuqori darajada ta’minlaydigan xorijning eng zamonaviy texnologiyalari va asbob-uskunalari bilan jihozlanmoqda. Shuningdek, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlashning yagona elektron tizimi va zarur dasturiy ta’minotlari yaratiladi. Bu esa yaqin kelajakda ushbu maxsus aloqa xizmatini 24 soat davomida uzluksiz ishlash imkonini beradi.

Har bir davlat soliq inspeksiyalarida maxsus infokiosklar joylashtiriladi. Bu infokiosklar orqali soliq to‘lovchilar “Soliq-servis” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, soliq stavkalari va sohadagi yangilik hamda o‘zgarishlar xususida umumiy ma’lumotlarni olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy yil 1-avgustidan 1-oktabriga qadar “Soliq-servis”ga soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan 1 700 dan ortiq telefon orqali murojaat kelib tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют