» » AQSh o‘zining eng zamoaviy qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazdi (video)

AQSh o‘zining eng zamoaviy qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazdi (video)


Boeing kompaniyasi Qatar harbiy-havo kuchlari qurollanishi qatoriga kirishi kutilayotgan F-15QA qiruvchi samolyotining birinchi parvozini muvafaqqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Muhandislarning ta’kidlashicha, F-15QA — Amerika qiruvchi samolyotlarining to‘rtinchi avlodlari orasida eng zamonaviy versiya hisoblanadi. Birinchi parvoz vaqtida samolyot havoda 90 daqiqa davomida bo‘lib, Sent-Luisdagi Lamberta xalqaro aeroportiga qo‘nishni amalga oshirgan.

Boeing mazkur qiruvchining “vikingning parvozi” deb ataluvchi manyovrini namoyish etdi — unda samolyot asosiy parvozdan oldin vertikal ravishda havoga ko‘tariladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, samolyot va uning ichki tizimlari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

What’s a “Viking takeoff”? Watch as the Qatar Emiri Air Force #F15 demonstrates the maneuver during its first flight. pic.twitter.com/wLHEuvH0Lt

— Boeing Defense (@BoeingDefense) April 14, 2020

F-15QA o‘zidan oldingi qiruvchiga qaraganda bir qator modifikatsiyaga uchragan: eletrodistansion boshqaruv tizimi, raqamli qurilmalar paneli, datchiklar, radar va radioelektron kurash vositalari yaxshilangan. Qiruvchi samolyotning konstruksiyasi ancha barqaror va ta’mirlashga yaroqli bo‘lib, ko‘plab xavflarda himoya qilishga qodir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют