» » Yangi F-35B qiruvchisi Afg‘onistonda birinchi jangovar parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi (video)

Yangi F-35B qiruvchisi Afg‘onistonda birinchi jangovar parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi (video)


Pentagon beshinchi avlod F-35B qiruvchi samolyotining Afg‘onistonda o‘tkazilgan birinchi jangovar parvozining o‘tkazilganini rasman tasdiqladi. Samolyot parvoz vaqtida yerdagi nishonlarga muvaffaqiyatli zarba bergan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

AQSh dengiz piyodalarining Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan videoda dastlab bitta F-35 ning Essex universal desant kemasi palubasidan uchib ketgani aks etgan. Keyin samolyot palubaga vertikal qo‘nishni amalga oshirgan. Essex AQSh harbiy-dengiz kuchlarining beshinchi floti tarkibida Hind okeanining g‘arbiy qismida — Arabiston dengizi va Fors qo‘ltig‘ida harakat qiladi.

F-35B samolyotning uchta modifikatsiyasi orasida vertikal qo‘nish imkoniyatiga ega bo‘lgan yagonasi hisoblanadi, bundan tashqari, u uchib ketish uchun minimal masofani talab qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют