» » Dunyodagi eng katta amfibiya samolyot Xitoyda parvozni amalga oshirdi

Dunyodagi eng katta amfibiya samolyot Xitoyda parvozni amalga oshirdi


Dunyodagi eng katta AG600 samolyoti Xitoyda parvozni amalga oshirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, samolyot Chjuxay shahri aeroportidan mamlakat janubidagi Szinmen shahriga uchgan. Endi suvda sinov parvozlari amalga oshiriladi.

AG600 amfibiya samolyoti birinchi marta 2017-yilning dekabr oyida parvoz qilgan. O‘zining birinchi parvozi vaqtida samolyot osmonda taxminan bir soat bo‘lgan. O‘shanda samolyot Chjuxay shahridagi aeroportdan Janubiy Xitoy dengizi qirg‘og‘iga uchib, qaytib yana shu aeroportga qo‘ngan. AG600 samolyotini Xitoy harbiylari patrul uchun ishlatishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, undan yong‘in o‘chirishda ham foydalanish mumkin. U 20 soniyada 12 tonnagacha suvni to‘ka oladi.

Havo kemasi bortiga dengiz qidiruv operatsiyalari vaqtida 50 kishi joylashishi mumkin. Samolyot 4,5 ming kilometrni to‘xtovsiz uchib o‘ta oladi. Uning parvoz vazni 53,5 tonnani tashkil qiladi. Havo kemasining korpus uzunligi 39,3 metr, qanotlar kengligi esa 38.8 metrga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют