» » Xitoy yilning birinchi yarmida dunyodagi eng yirik suv samolyotining ilk sinov parvozini amalga oshirishi ma’lum qilindi

Xitoy yilning birinchi yarmida dunyodagi eng yirik suv samolyotining ilk sinov parvozini amalga oshirishi ma’lum qilindi


Xitoy joriy yil birinchi yarmida o‘zining yirik gabaritli amfibiya-samolyoti ilk sinov parvozini o‘tkazadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Mutaxassislar 13-fevral kuni to‘rtta turbovintli dvigatelni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Suv samolyoti parvozi sinovlarning kelgusi bosqich bo‘lishi kutilmoqda. 

Xitoy aviasozlik korporatsiyasi tomonidan yaratilgan AG600 fuqarolik aviatsiyasi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash, qutqaruv operatsiyalari uchun maxsus ishlab chiqilgan. 

AG600 maksimal parvoz vazni 53,5 tonnadan iborat. Samolyot soatiga 500 kilometr tezlikda harakatlanishi va 4,5 ming kilometr masofaga uchib borishi, havoda 12 soatgacha bo‘lishi mumkin. Umumiy uzunligi 37 metr, qanotlari uzunligi esa 38,8 metrga teng.

Samolyot odatiy aerodromlar, shuningdek, suv yuzasiga qo‘nishi hamda uchib ketishi mumkin. 20 soniyada 12 tonnagacha suv jamg‘arish, bir marotabada 370 tonnagacha suvni kerakli manzilga yetkazish imkoniyatiga ega havo kemasi dunyodagi eng yirik suv samolyoti ekanligi bildirilmoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют