» » OAV: Xitoyda dunyodagi eng yirik suv samolyoti sinovdan o‘tkazildi

OAV: Xitoyda dunyodagi eng yirik suv samolyoti sinovdan o‘tkazildi


Xitoylik muhandislar tomonidan yaratilgan dunyodagi eng yirik suv samolyoti AG600 yerdagi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabar berilishicha, o‘tkazilgan sinovlar samolyotning birinchi parvozga tayyor ekanligidan dalolat bermoqda.

AG600’ning quruqlikdagi birinchi parvozi may oyida tashkil etiladi, yilning ikkinchi yarmida suvdagi sinovlar bo‘lib o‘tadi. Samolyot fuqaro aviatsiyasi ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan. U o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish va qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazish uchun loyihalashtirilgan.

Samolyotning maksimal uchish vazni 53,5 tonnani tashkil qiladi. U 500 km/soat tezlikda ucha oladi, parvoz uzoqligi 4,5 ming kilometr, havoda eng uzoq uchish vaqti 12 soat. Samolyotning uzunligi 36,9 metr, qanotlar kengligi 38,8 metr. U quruqlikdagi aerodromlarda va suvda bir xil qo‘nib-ucha oladi.

AG600 20 soniyada 12 tonnagacha suv to‘play oladi, bir marta to‘liq quyilgan yoqilg‘i bilan 370 tonnagacha suv tashiy oladi. Uchish apparatining yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan ko‘rinishlari bor. Hozirgi vaqtda loyiha dunyoda eng yirik hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют