» » Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi

Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi


Xitoyda yaratilayotgan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan C919 reaktiv avialayneri shu yilning birinchi yarmida Shanxayda bo‘lib o‘tadigan o‘zining birinchi sinov parvoziga tayyor. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Havo kemasini ishlab chiqaruvchi Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi (COMAC)ning ma’lumot berishicha, 63 nafar mutaxassisdan iborat baholovchi komissiya C919 samolyoti osmonga ko‘tarilish uchun texnik jihatdan tayyor degan xulosaga kelgan. Avvalroq, samolyot yerda bir qancha sinovlardan o‘tgani, jumladan, Shanxay—Pudun xalqaro aeroportida yurgazib ko‘rilgani xabar qilingandi.

Ushbu samolyotni qurish ishlari 2008-yilda Xitoyning havo transporti bozorida g‘arblik ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan qaramligini kamaytirish maqsadida boshlangan. Samolyot o‘rindiqlari soniga (150 dan 174 gacha) qarab turli ko‘rinishda ishlab chiqarilishi mumkin. C919 parvozining o‘rtacha uzoqligi 4000 kilometrni tashkil qiladi.

Ekspertlarning fikricha, C919 Boeing-737 hamda A320 samolyotlari bilan bir qatorda turadi. COMAC 21 ta kompaniyadan 500 dan ortiq C919 samolyotlari uchun buyurtma olgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют