» » Yaponiyada do‘kon peshtaxtalaridan chipslar g‘oyib bo‘ldi

Yaponiyada do‘kon peshtaxtalaridan chipslar g‘oyib bo‘ldi


Yaponiyada chips va sneklarning yirik ishlab chiqaruvchilari hisoblanadigan Calbee va Koike-Ya kompaniyalari sotuvdan 49 turdagi mahsulotni qaytarib oldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kompaniyalar mamlakatning asosiy kartoshka plantatsiyalari joylashgan Xokkaydo prefekturasidagi hosilsizlik sababli shunday qarorga keldi.

O‘tgan yili Xokkaydoga bir yo‘la to‘rtta to‘fon yopirildi. Bunday holat oxirgi 100 yil mobaynida umuman sodir bo‘lmagandi. Prefekturadagi plantatsiyalar esa mamlakatdagi kartoshka hosilining 80 foizini beradi.

Buning natijasida yapon do‘konlaridan chipslar g‘oyib bo‘ldi, borlari esa auksionlarda qimmat narxlarda sotilmoqda. Masalan, Calbee chipslari o‘ramini auksionda 1250 iyenaga (11,5 dollar) xarid qilish mumkin. Oldin esa bunday o‘ram 200 iyena (1,8 dollar) turardi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют