» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 506 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 506 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 17 ta holat qayd etildi — ular orasida tibbiyot xodimlari yo‘q. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

18-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 506 kishiga yetgan. Ta’kidlanishicha, kasallikni yuqtirib olganlar orasida ancha vaqtda buyon birinchi marta birorta ham tibbiyot xodimi yo‘q.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlar Norin viloyatida — 11 kishi, O‘sh viloyatida — 5 kishi va O‘sh shahrida — 1 kishida aniqlangan.

Koronavirus aniqlangan barcha yangi bemorlar avvalroq kasallikka chalinlarning oila a’zolari va ular bilan aloqada bo‘lganlar. Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Ta’kidlash kerakki, Botken Qirg‘izistonda koronavirus aniqlangan ilk viloyatlardan hisoblanadi, shunga qaramay kasallar soni ushbu viloyatida u qadar ko‘p emas. Talas viloyatida esa COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan.

O‘zbekistonda 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1450 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 156 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют