» » Samarqandda koronavirusga chalinganlar 14 nafarga yetdi

Samarqandda koronavirusga chalinganlar 14 nafarga yetdi


Samarqandda koronavirusga chalingan fuqarolar 14 nafarga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

2020-yilning 18-aprel soat 18:30 holatiga ko‘ra, viloyatda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni yana 6 nafarga oshgan va 14 nafarni tashkil qilgan.

“Hozirda, ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarning umumiy ahvoli yaxshi. Shifokorlar va mutaxassislar tomonidan nazorat ostida bo‘lgan barcha bemorlar belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda”, — deyiladi boshqarma axborot xizmati xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatda ayni kunda jami 4065 nafar fuqaro karantinga olingan. Shundan 647 nafari statsionar sharoitidagi tibbiy kuzatuv ostida.

Eslatib o‘tamiz, 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1495 nafarni tashkil etmoqda. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20-aprelga qadar joriy etilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10-mayga qadar uzaytirildi.

Mavzuga doir: Samarqandda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan birinchi bemor aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют