» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1565 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1565 nafarga yetdi


Muhum: O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi

O‘zbekistonda 19-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 22 kishiga oshib, 1565 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 19-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1543 taga yetgani xabar qilingan edi.

Shunday qilib, 19-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq  75 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni 56 ta, 18-aprel esa 85 ta holat aniqlangandi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 225nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют