» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 1949 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 1949 kishiga yetdi


Qozog‘istonda 21-aprel holatiga ko‘ra, yana 97 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

COVID-19 bilan kasallanish holatlari, asosan, Olmaotada aniqlangan — 62 nafar bemor. Nur-Sulton, G‘arbiy Qozog‘iston, Jambil va Kostanay viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 4 tadan holat qayd etilgan. Chimkent va Qizilo‘rda viloyatlarida esa 2 tadan, Sharqiy Qozog‘iston — 3 ta, Qarag‘anda — 6 ta, Turkiston— 5 ta, Mang‘istovda — 1 ta holat.

Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1949 kishiga yetdi, 19 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 447 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda yana 7 nafar tibbiyot xodimida COVID-19 aniqlandi

O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют