» » Yelizaveta II tug‘ilgan kunini oilasi bilan Zoom orqali nishonlashga qaror qildi

Yelizaveta II tug‘ilgan kunini oilasi bilan Zoom orqali nishonlashga qaror qildi


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 21-aprel kuni 94 yoshga to‘ladi.

Daily Mail’ning yozishicha, qirolicha tug‘ilgan kunini qarindoshlari bilan videoaloqa orqali nishonlaydi.

Hozirgi paytda qirolicha Vindzor qasrida turmush o‘rtog‘i, 98 yoshli shahzoda Filipp bilan karantinni o‘tkazmoqda. Qirollik oilasining boshqa a’zolari karantin tufayli uning tug‘ilgan kuniga kela olmaydi.

Yordamchilari Yelizaveta II ning farzandlari, nevaralari va evaralari uni tabriklashi uchun videoqo‘ng‘iroqni tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Qirolicha an’anaviy mushakbozlik va paradni bekor qilgan. Shuningdek, davlat tashkilotlari binosiga mamlakat bayrog‘ini osmaslikni ham buyurgan.

Qirolichaning fikriga ko‘ra, 16 ming nafar britaniyalikning o‘limiga sabab bo‘lgan koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan sharoitda bayroqlarni ko‘tarish maqsadga muvofiq emas.

Mavzuga doir: Qirolicha Yelizaveta II tarmoqlarda yangi mem qahramoniga aylandi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют