» » 91 yoshli Yelizaveta II yana avtomobil boshqardi

91 yoshli Yelizaveta II yana avtomobil boshqardi


O‘tgan oyda 91 yoshga to‘lgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Jaguar X-Type avtomobilida Katta Vindzor bog‘ida joylashgan ibodatxonadan qaytayotgani kuzatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Daily Telegraph gazetasida e’lon qilingan fotoda Yelizaveta II ni dengiz to‘lqini rangidagi mashinada, ko‘k rangli palto va shunday rangli shlyapada ko‘rish mumkin. Uning yonidan qo‘riqchisi joy olgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida mexanik-haydovchi sifatida tayyorgarlikdan o‘tgan qirolicha o‘zi mashina haydashni yoqtiradi. U haydovchilik guvohnomasisiz yurishga ruxsat berilgan, shuningdek, Vindzor bog‘i xiyobonida mashinada sayr qilishi mumkin bo‘lgan Buyuk Britaniyadagi yagona inson hisoblanadi.

Oxirgi bor qirolicha o‘tgan yil sentabrida Shotlandiyadagi Balmoral qarorgohida avtomobil boshqargani qayd etilgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют