» » O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir kishi vafot etdi. Qurbonlar soni 6 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir kishi vafot etdi. Qurbonlar soni 6 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus bilan xastalangan yana bir erkak bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 14-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi Sh. yurak ishemik kasalligi, gipertoniya ikkinchi darajasi, aterosklerotik kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda COVID-19 koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. 73 yoshli bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq kardiolog, virusolog, pulmonolog, terapevt, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning vafot etishi bilan bog‘liq oltinchi holatdir. Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 293 nafari esa sog‘aygan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют