» » Tramp AQSh qurolli kuchlari har qachongidan kuchliroq bo‘lib borayotganini ma’lum qildi

Tramp AQSh qurolli kuchlari har qachongidan kuchliroq bo‘lib borayotganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat qurolli kuchlari har qachongidan kuchliroq bo‘lib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

“Qurolli kuchlarimiz tezda mustahkamlanib, har qachongidan kuchliroq bo‘lib bormoqda. Ochig‘ini aytganda, bizda bundan boshqa yo‘l ham yo‘q”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik harbiylar joriy yil 13-aprel kuni Afg‘onistondagi Nangarxar viloyatiga o‘zlari “barcha bombalarning onasi” (Mother of all bombs) deb ataydigan bombani tashladi. Buning oqibatida IShIdning 90 nafar jangarisi yo‘q qilindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют