» » Tesla Cybertruck elektropikapi suvda ham suza olishi ma’lum bo‘ldi

Tesla Cybertruck elektropikapi suvda ham suza olishi ma’lum bo‘ldi


Tesla Cybertruck suvga tushib qolsa, qanchadir muddat suza oladi. Masalan, elektropikap chuqur ko‘lmaklar va irmoqlarni hech qanday talafotsiz bosib o‘ta oladi. Bu haqda Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Tesla elektropikapi qayiq kabi suza oladi. Amerika korporatsiyasi rahbarining bu kabi “maqtanchoqligi” birinchi marotaba emas. Bir necha yil oldin u Model S sedani germetik akkumulyatori sabab bemalol suza olishini bildirgandi.

Ilon Mask Cybertruck cho‘kib ketguniga qadar suvda qancha muddat tura olishiga aniqlik kiritmagan. Tesla rahbarining bayonotini real sharoitda 2021-yil oxiriga borib sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Aynan o‘sha davrdan boshlab elektropikapni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.

Mavzuga doir: Ilon Mask Tesla birinchi elektromobil pikapini namoyish qildi (foto+video)

Shunga qaramay, Amerika kompaniyasi Cybertruck uchun yarim milliondan ortiq buyurtma olgan. Modelni xarid qilishni istaganlar 100 dollar miqdorida depozit qo‘yishlari kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab ikkita elektromotorga ega, bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometr yura oladigan Cybertruck sotuvga chiqadi.Tesla elektropikapining narxi 49 900 dollar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют