» » AQSh razvedkasi koronavirusning sun’iy yaratilganini tasdiqlovchi dalillarni topmadi

AQSh razvedkasi koronavirusning sun’iy yaratilganini tasdiqlovchi dalillarni topmadi


AQSh Davlat departamentining razvedka va tadqiqotlar byurosida koronavirusning sun’iy kelib chiqqani to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘q. Bu haqda byuro rahbari, davlat kotibi yordamchisi Ellen Makkarti videokonferensiya paytida ma’lum qilgan.

“Bu — bizning nuqtayi nazarimiz. Butun dunyodagi olimlar koronavirusning genetik ketma-ketligini o‘rganib chiqdi. Ayni paytda u sun’iy usulda yaratilganini tasdiqlovchi hech qanday dalillar yo‘q”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida AQSh respublikachi-senatori Tom Kotton koronavirusning sun’iy ravishda yaratilganini taxmin qilgan va Xitoyda yagona 4-darajadagi, dunyo bo‘yicha eng xavfli patogen mirkoorganizmlar ustida ishlovchi superlaboratoriya mavjudligini bildirgandi.

Bundan tashqari, Fox News telekanali ham koronavirusning Uxanda laborator sharoitda yaratilganini taxmin qilgan. Telekanal koronavirusning kutilmaganda institut xodimlaridan biri tasodifan infeksiyani yuqtirib olishi oqibatida tarqalib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gipotezani ilgari surgan.

Nobel mukofoti sohibi Lyuk Montanye ham virusning Uxandagi laboratoriyada ishlab chiqilgani haqida fikr bildirgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan esa ushbu taxminlarga javoban Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning sun’iy sintez oqibatida paydo bo‘lganligini tasdiqlamaganini qayd etgan. Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin bugungi kun olimlari yangi turdagi koronavirusdek virusni sun’iy tarzda yaratish uchun yetarli bilimga ega emas, deb aytgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa koronavirus kelib chiqishi hayvonlarga borib taqaladi, deb hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют