» » Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 30 ming nafar harbiy xizmatchi jalb etildi

Rossiyada koronavirusga qarshi kurash uchun 30 ming nafar harbiy xizmatchi jalb etildi


Rossiya qurolli kuchlarida COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 30 ming harbiy xizmatchi va 4 mingta maxsus texnikadan iborat guruh tuzildi. Bu haqda armiyada koronavirusga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Uning aytishicha, Mudofaa vazirligi pandemiyaga qarshi kurashish uchun federal ijroiya organlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Vazir hududiy hokimliklarga yordam ko‘rsatish uchun harbiy shifokorlarning 17 ta birlashgan otryadini tashkil etish to‘g‘risida ham gapirgan. “Qurolli kuchlarda Rossiya Federatsiyasi subyektlariga yordam berish maqsadida beshta brigada va 12 polk tarkibiy bo‘linmalaridan iborat zaxira tuzilgan”, — degan u.

Xabarda aytilishicha, 18-aprel kuni Vladimir Putin Mudofaa vazirligiga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun Qurolli Kuchlarning maxsus kuchlari va vositalarini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasini topshirgan. COVID-19’ga qarshi kurashda harbiylarni jalb qilish taklifini esa 13-aprel kuni e’lon qilgan. “Agar zarur bo‘lsa, barcha imkoniyatlar, shu jumladan, Mudofaa vazirligining imkoniyatlari ham jalb etilishi mumkin va shartdir”, — degan prezident.

Putin Mudofaa vazirligining sog‘liqni saqlash xodimlari infeksiyaga qarshi kurashda chet elda tajriba orttirganini ta’kidlab, asosiy kuchlar e’tiborni Rossiyaga qaratayotgani va ular zaxirada ekanligini aytgan.

Mavzuga doir: Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishga buyruq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют