» » Jahon banki O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 95 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 95 mln dollar ajratdi


Jahon banki koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha favqulodda choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun 95 million dollarlik moliyalashtirish dasturini tasdiqladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha mablag‘lari milliy sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga, shuningdek, pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozdan aziyat chekkan kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

“Jahon bankining moliyalashtirishi xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlar koalitsiyasi tomonidan tashkil etilgan aholini pandemiya xavfidan himoya qilishda hukumatga ko‘rsatilayotgan yordamning bir qismi sifatida taqdim etiladi. Hukumat, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning boshqa agentliklari, xalqaro moliyaviy institutlar, shu qatorda, Jahon banki guruhi, ikki tomonlama yordam agentliklari va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, “Chegara bilmas shifokorlar” ushbu og‘ir vaziyatda mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda xayrixohlik bildirmoqda”, — dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Ushbu loyiha doirasida Jahon banki ko‘magi bilan koronavirus infeksiyasining oldini olish, uning profilaktikasi va tarqalishini nazorat qilish uchun milliy sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga 38 million dollar sarflanadi. Mablag‘lar shaxsiy himoya vositalarini, dori-darmonlarni va hayotiy zarur tibbiy asbob-uskunalarni, shu jumladan, o‘pkani sun’iy nafas oldirish qurilmalarini sotib olish, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan shifoxonalarni jihozlash uchun ham ishlatiladi.

Loyiha bo‘yicha 57 million dollar atrofidagi mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz fuqarolarga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini kengaytirish uchun sarflanadi.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga ajratadigan krediti uchun qo‘shimcha shart qo‘ymasligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun tashkil etilgan jamg‘armaga 50 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazildi

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi O‘zbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdorini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston Prezidentining 22-aprelda imzolagan qaroriga ko‘ra, pandemiya oqibatlarini kamaytirish uchun 2020-yilda 3,1 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют