» » Karantin tufayli o‘qituvchilarga daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lov berish to‘xtatiladimi? XTV rasmiysi izohi

Karantin tufayli o‘qituvchilarga daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lov berish to‘xtatiladimi? XTV rasmiysi izohi


Karantin sababli barcha umumta’lim maktablarida 16-apreldan boshlab daftar tekshirish, sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lov berish to‘xtatilgan. Bu haqda 25-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi vakili ma’lum qildi.

XTV axborot xizmati rahbari Anvar Umarovning ta’kidlashicha, hukumatning joriy yil 16-apreldagi 232-son qaroriga asosan 2020-yil 16-apreldan boshlab 1-oktabrga qadar umumta’lim muassasalarida faqat direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib kelingan barcha to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatiladi.

“Shuni aytish kerakki, toifalar bo‘yicha bazaviy tarif stavkalar, chet tili o‘qituvchilari uchun ustama, daftar tekshirish va informatika xonasi mudirligi (mehnat ta’tilidan tashqari bo‘lgan yozgi o‘quv ta’tili davri bundan mustasno), sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ixtisoslashgan maktablardagi xodimlarga belgilanadigan ustamalar, olis hududlarga borib ishlayotganligi uchun ustama va boshqa direktor jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilmaydigan to‘lovlar saqlab qolinadi”, — dedi Anvar Umarov.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют