» » Buyuk Britaniyada karantin choralari yengillashtirilishi kutilmoqda

Buyuk Britaniyada karantin choralari yengillashtirilishi kutilmoqda


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson shu hafta koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha joriy etilgan karantin choralari yengillashtirilishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda hukumat rahbarining rejalaridan boxabar manbasiga tayanib, The Telegraph xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir 7-mayga qadar mo‘ljallangan karantin choralarini yengillashtirishi mumkin.

“7-may bu — hukumat qonun bo‘yicha karantin choralarini qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan kun, biroq Jonson xohlasa, cheklov choralarini muddatidan oldin o‘zgartirishi yoki hech bo‘lmaganda nima qilmoqchiligi haqida oldindan ma’lum qilishi mumkin”, — deydi manba.

Ta’kidlanishicha, 27-aprel kuni Boris Jonson o‘zining koronavirusga qarshi kurash shtabi bilan kasalxonadan chiqqanidan keyingi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Bosh vazir ayrim cheklov choralarini muddatidan oldin bekor qilish tarafdori, biroq yakuniy qaror mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvdan so‘ng qabul qilinadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 154 ming kishidan, qurbonlar soni esa 20 ming kishidan oshgan.

Avvalroq Britaniya bosh vaziri o‘z maslahatchilari bilan uchrashib, mamlakatda koronavirusga qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida so‘nggi ma’lumotlarni olgani haqida xabar berilgandi. Italiya ham mamlakatda karantin choralari yengillashtirilib, may oyidan muzeylar va Kolizey ochilishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют