» » Bulung‘ur tumani hokimi o‘zgardi

Bulung‘ur tumani hokimi o‘zgardi


Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani kengashining navbatdan tashqari 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.

Sessiyada viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar, ularning yechimi to‘g‘risida ma’ruza qilgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Tuman kengashi tomonidan shu paytgacha Bulung‘ur tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xayriddin Xo‘jayorovni vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Himmat Oqbo‘tayev shu kungacha Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifalarda ishlab kelgan Furqat Rahimov nomzodini Bulung‘ur tumani hokimi vazifasiga tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani kengashi tomonidan tuman hokimini tayinlash haqidagi viloyat hokimining qarori tasdiqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 21:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют