» » AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi

AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi


Taniqli aktyor va parodist Sherzod Bin (Saydialiyev) hozirgi kunda AQShning Pensilvaniya shtati Holland shahrida yashamoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev Sherzod bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Sherzod Bin suhbat davomida nima sababdan O‘zbekistondan AQShga ko‘chib ketgani haqida ham gapirib o‘tdi.

“Menda shunaqa muammolar boshlandiki, ularni kasbimning orqasidan hal qila olmadim. O‘sha vaziyatda menga faqat Olloh yordam berdi.

O‘zbekistondan ketganimga keladigan bo‘lsak, menda xotirjamlik yo‘q edi, halovat yo‘q edi. Ollohga shukur, hozir oilam bilan yaxshi yashayapman. Nimaga xotirjamlik yo‘q edi, degan masalaga kelsak, odam ba’zan hech kim sizni tanimaydigan joyga ketgingiz, yolg‘iz qolgingiz kelarkan. ‘Keling, siz bilan bir rasmga tushaylik’, — deydigan odamlardan qochgingiz kelarkan.

Lekin san’at sohasida faoliyat yuritganimga shukur qilaman. Agar shu sohada bo‘lmaganimda Farruh Soipov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Sardor Rahimxon kabi do‘stlarim bo‘lmasdi. Ular Olloh yo‘lida yaxshi ishlar qilgan insonlar”, — deydi Sherzod.

Shuningdek, Sherzod Bin o‘zbekistonlik shou-biznes vakillaridan biridan qattiq xafa bo‘lgani, ayni damda uni kechirgani haqida ham gapirib o‘tdi hamda o‘zi bilib-bilmay xafa qilgan insonlardan ham kechirim so‘radi.

“Jahongir Otajonov mendan xafa ekanlar. Kechirim so‘rayman. Yana kimlarnidir bilib-bilmay xafa qilgan, ko‘ngliga ozor bergan bo‘lsam, meni Olloh yo‘lida kechirishinglarni so‘rayman”, — deydi u.

Suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, Sherzod Bin san’at sohasidan uzoqlashgan, u Holland shahrida Basil deb nomlangan o‘zbek taomlari tamaddixonasini ochgan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Bin nafaqat aktyor va parodist, balki rejissor sifatida ham faoliyat yuritgan. U 2016-yilda “Qaysar oshiqlar” deb nomlangan filmni suratga olgan edi.

Mavzuga doir: Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют