» » “Paxtakor” o‘yinidan keyin eng ko‘p muhokama qilingan Sherzod Qosimov rag‘batlantirildi: u Qatar — Chexiya o‘yinini boshqaradi

“Paxtakor” o‘yinidan keyin eng ko‘p muhokama qilingan Sherzod Qosimov rag‘batlantirildi: u Qatar — Chexiya o‘yinini boshqaradi


O‘zbekistonlik referi Sherzod Qosimov Qatar va Chexiya termalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini boshqaradi. Bu qarorga Qatar va O‘zbekiston futboli rahbarlari o‘rtasida tuzilgan memorandum sabab bo‘lgan.

Bunda qatarliklar aynan Sherzod Qosimovni so‘rab olganmi yoki shunchaki O‘FFga hakamlaridan birini berishni taklif qilgan-u, O‘zbekiton tomonining o‘zi aynan Sherzod Qosimov nomzodida to‘xtalganmi — ochiqlanmagan.

Sherzod Qosimovga Dohadagi o‘yinda Timur Gaynullin va Alisher Usmonov yordam beradi. Bellashuv 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Sherzod Qosimovning Oliy Liga 25-turidan joy olgan “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinidagi hakamligi keng muhokamalarga sabab bo‘lib, bir qator futbol muxlislari uning futboldan chetlashtirilishini so‘rab murojaat qilgandi.

O‘FF Sherzod Qosimovni taniqli futbol hakami, deb yozgan. Uning taniqli bo‘lib ketishiga aynan nimalar sabab ekani ko‘rsatilmagan. Qayd etish kerak, O‘FF “Paxtakor” — “Bunyodkor” o‘yinida qo‘pol xatolarga qo‘l urgan qanot hakami Doniyor Saylavovga nisbatan ham hech qanday jazo chorasini ko‘rmadi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют