» » XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingi tuzildi

XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingi tuzildi


Besoccer portali ProFootballDB bilan birgalikda XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni tuzishda ELO tizimidan foydalanildi. Unda futbolchining o‘yinga ta’siri, gollar va samarali uzatmalar miqdori, raqib hamda musobaqa saviyasi inobatga olinadi.

Birinchi o‘rin “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Argentinalik futbolchi 100 ball to‘pladi. Xuddi shuncha ball jamg‘argan “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu statistikada Messidan ortda qolgan va ikkinchi o‘rinni band etgan. Kuchli uchlikni 98 ball bilan “Arsenal” va “Barselona” sobiq hujumchisi Tyerri Anri yakunlagan.

Top-10 talik bilan tanishing:

Ta’kidlash joiz, Zinedin Zidan, Xavi (ikkisi 90 ball), Andres Inyesta (87) va Kaka (91) kabi futbolchilar top-40 reytingdan o‘rin ololmagan. Shuningdek, yosh futbolchilarning (masalan, Jeydon Sancho, Kilian Mbappe va Erling Holand) statistikasi tizim hisob-kitoblari uchun yetarli bo‘lmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют