» » Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlarida urush faxriylariga avtomobillarni navbatsiz sotib olish uchun sertifikat topshirildi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlarida urush faxriylariga avtomobillarni navbatsiz sotib olish uchun sertifikat topshirildi


Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini mukofotlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qahraman Sariyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Ellikqal’a tumani “Navoiy” OFYda istiqomat qiluvchi 1922-yilda tavallud topgan Nikolay Raxmetov holidan xabar olib, unga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan avtomobillarni navbatsiz sotib olish uchun beriladigan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi. Bu haqda “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri xabar bermoqda.

Shundan so‘ng rais va tuman hokimi “Guldursin” OFYda yashovchi 95 yoshli Qurbonboy Otajanovning uyiga tashrif buyurib, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarni berdi.

Ellikqal’a tumanidan keyin Beruniy tumanida ham urush faxriylari Qurbanbay Qurbaniyazov, Ro‘zmat Reyimbayev va Yusup Satimovlar holidan xabar olib, ularga ham sertifikat bilan sovg‘alarni topshirishdi.

Tegishli rahbarlar To‘rtko‘l tumani “G‘alaba” ko‘chasida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Ivan Galenko, “Ullibag‘” OFYda yashovchi 94 yoshli Boltaboy Ibaydullayev xonadoniga ham borishdi. Boltaboy ota urushdan so‘ng 50 yil o‘qituvchilik qilgan. Bu nuroniy otaxonlarga ham sertifikat va sovg‘alar ulashildi.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют