» » GM Uzbekistan urush faxriylariga avtomobillarni navbatsiz beradi

GM Uzbekistan urush faxriylariga avtomobillarni navbatsiz beradi


GM Uzbekistan kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarni navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tartibga muvofiq Ozbekiston Mudofaa va Moliya vazirliklari huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tomonidan hududiy taqsimoti boyicha shakllangan Ikkinchi jahon urush faxriylarining toliq royxati GM Uzbekistankompaniyasiga taqdim etildi.

GM Uzbekistan har bir urush faxriysi nomiga beriladigan imtiyozli sertifikat ishlab chiqargan. Sertifikatlar Ikkinchi jahon urush faxriylariga Nuroniyjamgarmasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boyicha bolimlari mutasaddi xodimlari hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tarqatiladi.

Sertifikatlarni topshirish chogida har bir urush faxriysiga beriladigan imtiyoz shartlari, amalga oshirish tartibi toliq tushuntiriladi.

Akbar Axtamov, Samarqandavtotexxizmatkompaniyasi boshqaruvi raisi

Sertifikatda korsatilgan imtiyoz asosida sotib olingan avtomobilga birinchi va ikkinchi texnik xizmat korsatish jamiyat tomonidan bepul amalga oshiriladi. Imtiyoz bir martalik hisoblanib, 2017-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Nogironligi va kasalligi tufayli urush faxriysining avtomobil olishga shartnoma tuzish uchun imkoniyati bolmagan taqdirda uning navbatsiz olish imtiyozi faxriyning oz rozilik arizasi bilan bevosita qarindoshi yoki qarovchisiga faxriyning yashash manzildagi mahalliy fuqarolik organlari, mahalla qomitasi tomonidan taqdim etilgan malumotnoma asosida tuzilishi mumkin.

Shartnomaviy buyurtma tuzish uchun pasport, 19411945-yillarda urush qatnashchisi ekanligi haqidagi hujjat, nogironligi togrisida guvohnoma, imtiyozli sertifikat taqdim etilishi zarur.

Tolov xalqaro plastik karta, somlik plastik karta orqali yoki naqd pul topshirish yoli bilan amalga oshiriladi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (11-04-2017, 21:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -