» » Adham Ikromov: “O‘zbekiston favqulodda vaziyatda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarib yuborish niyati yo‘q, bu rejali ish”

Adham Ikromov: “O‘zbekiston favqulodda vaziyatda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarib yuborish niyati yo‘q, bu rejali ish”


Savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan matbuot anjumanida palata raisi Adham Ikromov pandemiya sharoitida jamiyatning eng ko‘p zarar ko‘rgan qatlamlarini sanab o‘tdi.

So‘z avvalida mavjud ehtiyojmand oilalarni pandemiya sharoitidagi favqulodda vaziyatda kambag‘allikdan chiqarish masalasi yo‘qligi, bu rejali ish ekanligini bildirildi. “Davlatimiz rahbari shuning uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligini transformatsiya qildilar”, — deydi Ikromov.

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida tadbirkorlarning ishtiroki masalasiga bag‘ishlangan anjumanda jamg‘arma aholiga berayotgan xayriya yo‘nalishlarini tashkil etishda jamiyatning pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan qatlamlari inobatga olingani qayd etildi.

Mavzuga doir: SSP raisi Adham Ikromov: Xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatish o‘zini oqlamaydi, pul talon-toroj bo‘lishi mumkin

Jumladan, palata raisi qaysi qatlamlar ko‘proq jabr ko‘rdi, degan savolga batafsil to‘xtalib o‘tdi:

Birinchi galda, kundalik daromad topadigan odamlar. Masalan, mahallamizdagi rom qiluvchi ustalar kuniga ishchilariga 60—70 ming so‘m berar edi. 20 dan 30 yoshgacha bo‘lgan ana shu odamlar oilasini ta’minlagan. Ularning qozoni qaynaydi shu kundalik daromaddan.

Ikkinchi qatlam, taksi haydovchilari. Misollar ko‘p, masalan, haydovchi Sergeli, Chilonzor, Yunusobodda 2 xonali xonadonda 2—3 farzandi bilan yashaydi. 30—40—50 yoshli erkak, rafiqasi qaysidir restoranda farrosh bo‘lishi mumkin. Ular ham kundalik daromad olgan, hozir nochor ahvolga kelib qoldi.

Uchinchi qatlam, mamlakatga qaytgan ishchi-migrantlar hamda chet elda ishsiz qolgan o‘zbekistonliklar hisoblanadi.

Muhtoj qatlamlarning ko‘pchiligi, asosan Toshkent shahri, respublikaning yirik shaharlari, ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlar hissasiga to‘g‘ri keladi: Viloyatlarda tomorqa bor, qo‘y-sigir bor, ozgina o‘zini eplay oladi. Ammo ularda ham vaziyat zo‘r emas, hech kimda zo‘r emas.

Savdo-sanoat palatasi raisi, Adham Ikromov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlash ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют