» » SSP raisi Adham Ikromov: Xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatish o‘zini oqlamaydi, pul talon-toroj bo‘lishi mumkin

SSP raisi Adham Ikromov: Xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatish o‘zini oqlamaydi, pul talon-toroj bo‘lishi mumkin


Karantin sharoitida xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatish odamlarning muammosini hal qilib bermaydi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov “M-Faktor” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ikromovning fikricha, karantin sharoitida xalqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri pul tarqatish o‘zini oqlamaydi. “Birinchidan, bu talon-toroj bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, odamlarning masalasini hal qilib bermaydi. Pul ishlatib yuboriladi, undan ko‘ra kelgusida tadbirkorlarimizga ish bilan ta’minlashi uchun, saxovat qilishi uchun yordam berilsa, yutug‘imiz ko‘proq bo‘ladi”, — deydi u.

Savdo-sanoat palatasi raisining fikricha, dunyo tajribasi ham biznesni qo‘llab-quvvatlash samaraliroq ekanini ko‘rsatmoqda. “Chunki biznesning ijtimoiy mas’uliyati bor. Hozir tanqid qilamizmi, boshqa qilamizmi, biror davlatda, biror hukumatda, Jahon banki bo‘ladimi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bo‘ladimi, aniq tashxis qo‘yish va davolash usullari yo‘q”, — dedi u.

Adham Ikromovning ta’kidlashicha, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yo‘lga qo‘yilishi ortidan “iqtisodiyotimiz asta-sekin yurib ketdi, qishloqlarda esa hayot qaynab yotibdi”. Savdo sanoat palatasi raisi o‘z chiqishida “xorijda tayyor turgan arzon kreditlar”ni olib kelib, ularni tadbirkorlar bilan birgalikda unumli ishlatish kerakligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют