» » Oktabr oyida ikkinchi Rossiya—O‘zbekiston forumi o‘tkaziladi

Oktabr oyida ikkinchi Rossiya—O‘zbekiston forumi o‘tkaziladi


Oktabr oyida Rossiya—O‘zbekiston forumi Rossiyada o‘tkaziladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov Fergana International Investment Forum 2019 forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik.

Birinchi forumdan so‘ng ikki davlat Savdo-sanoat palatalari, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Rossiya sanoat va savdo vazirligi ikkinchi forumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Aniq sanasini ayta olmayman, biroq forum oktabrda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston barcha viloyatlardan mutaxassislar Orenburg, Tatariston, Chelyabinsk, Perm, Sankt-Peterburg, Moskva va Moskva viloyatiga yo‘l olmoqda.

Birinchi mintaqalararo forum o‘tgan yili 18—19-oktabrda ‘O‘zekspomarkaz’da o‘tkazilgandi. Unda ikki davlatning 25 ta hududidan 600 dan ortiq vakillar qatnashdi. Forum doirasida Rossiya—O‘zbekiston ta’lim forumi ham o‘tkazildi.

Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi rahbari 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-avgust kuni Farg‘ona shahrida xalqaro investitsiya forumi o‘z faoliyatini boshladi.

Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda.

Forum davomida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, V2G, B2B formatlardagi kooperatsion birjalar o‘tkazilib, kelishuvlar imzolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют