» » Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov doping sabab 2 yilga sportdan chetlatildi

Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov doping sabab 2 yilga sportdan chetlatildi


Og‘ir atletika bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov antidoping qoidalarini buzganligi sabab ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik sportchining 2012-yilgi London Olimpiadasidagi qon tahlilidan taqiqlangan turinabol moddasi topilgani sabab 2019-yilning may oyida Sport arbitraj sudi Nurudinovni antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgan.

IWF rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, diskvalifikatsiya 2018-yilning 18-dekabridan 2020-yilning 17-dekabriga qadar bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabr oyida London Olimpiadasidagi doping tahlillari natijasida besh nafar og‘ir atletikachi, shu jumladan Ruslan Nurudinov ham sportdan chetlatilishi haqida xabar qilingandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Ruslan Nurudinov bilan bog‘liq holatga izoh berdi

Nurudinov Londondagi Olimpiya o‘yinlarida 105 kilogramm vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2016-yilgi o‘yinlarda siltab ko‘tarishda Olimpiya rekordini (237 kg) qayd etgan holda, oltin medalga ega chiqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют