» » Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi

Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi


Xitoy hukumati rasmiylari koronavirus infeksiyasi kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruvni boshladi, biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari unda ishtirok etish uchun taklif qilinmadi. Bu haqda Sky News telekanaliga tashkilotning Xitoydagi vakili Goden Galea ma’lum qilgan.

“Biz xalqaro tekshiruv olib borish boshlanganidan xabardormiz, ammo bu bosqichda biz taklif etilmadik”, — degan Galea. Uning aytishicha, JSST Xitoy sog‘liqni saqlash idoralari va hukumatiga ushbu tekshiruv yuzasidan so‘rovnoma yuborishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, tashkilotga qatnashishni rad etish uchun hech qanday sabab yo‘q, deb hisoblamoqda. Uning ta’kidlashicha, JSST virusning tabiiy kelib chiqishiga shubha qilmayapti.

Avvalroq Fox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganini taxmin qilgandi. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillari borligini bildirgan.

Amerikaning The Washington Post gazetasi koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat haqida yana turli nazariyalar tarqalishining oldini olish maqsadida Xitoy hukumatini birinchi odam kasallanishi shart-sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют