» » Misr Yamanga 40 ming harbiyni yuborish niyati borligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Misr Yamanga 40 ming harbiyni yuborish niyati borligi haqidagi xabarlarni rad etdi


Misr Yamanga Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiyaning jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun 40 ming kishilik qo‘shin yuborish niyatida ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Al Watan gazetasi Misrning rasmiy diplomatlariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“E’lon qilingan ma’lumot Misrning birlashgan arab kuchlarini yaratish haqidagi g‘oyani rivojlantirish taklifiga aloqador edi, u muhokama etilib, Arab davlatlari ligasi hujjatlarida qayd qilindi”, — dedi manbalar.

Nashr eslatishicha, bir kun avval arab koalitsiyasi vakili Al Arabia telekanaliga bergan intervyusida Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy oldinroq Saudiya Arabistoni hukumatiga 30 mingdan 40 ming nafargacha misrlik askarlarni Yamandagi jangovar harakatlarga jalb qilishni taklif etganini ma’lum qilgandi.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют