» » Foto: Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan mirzaobodliklar

Foto: Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan mirzaobodliklar


Sardoba tumanida suv ombori devori buzilishi oqibatida ro‘y bergan suv toshqini tufayli viloyatning Mirzaobod tumanidan 2 mingdan ortiq kishi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi.

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vaqtinchalik evakuatsiya qilingan mirzaobodliklar Yangiyer pedagogika hamda tibbiyot kollejlari, GulDUning Yangiyer shahridagi pedagogika fakulteti va Yangiyer Futbol akademiyasi binosiga joylashtirilgan.

“Qayd etish joizki, mana shunday sharoitda bir qancha tadbirkorlar, saxovatpesha insonlar va homiylar tomonidan evakuatsiya qilingan fuqarolarga zaruriy oziq-ovqatlar, ichimlik suvi, niqob, antiseptik vosita, bir martalik qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot vositalari yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Guliston tuman hokimligi tomonidan ham oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami keltirildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Sharoit yaxshi bo‘lmagunicha, birorta rahbar, men boshchiligimda, hech qayoqqa ketmaydi

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident Shavkat Mirziyoyev yetib borgan. Prezident mahalliy jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, suhbatlashgan.

Mavzuga doir: Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют