» » Toshqindan jabrlangan sardobaliklar uchun Qashqadaryodan insonparvarlik yordami yo‘lga chiqdi

Toshqindan jabrlangan sardobaliklar uchun Qashqadaryodan insonparvarlik yordami yo‘lga chiqdi


Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani aholisi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordami Qashqadaryo viloyatidan yo‘lga chiqdi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sardobaliklar uchun insonparvarlik yordami sifatida 15 tonna un, 1 tonna yog‘, 500 kg shakar, 500 kg guruch, 500 kg makaron, 1,5 tonna dimlangan konserva go‘sht mahsulotlari, 1500 kg bolalar pyuresi, 750 kg qandolat mahsulotlari yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqanddan Sardoba tumaniga maxsus yordam guruhi yuborilgani xabar berilgandi.

1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetganligi ma’lum bo‘lgandi.

Ayni damda tumandagi “Dehqonobod”, “Baxmal”, “Tinchlik”, “Xazina”, “Ishonch”, “Tadbirkor”, “Orzu”, “Ahillik”, “Turkiston” MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar 1400 dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga o‘z uylaridan boshpana ajratmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 113) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют