» » Qosim-Jo‘mart To‘qayev Darig‘a Nazarboyevaning senatorlik vakolatlarini tugatdi. U Qozog‘iston Senati raisi edi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Darig‘a Nazarboyevaning senatorlik vakolatlarini tugatdi. U Qozog‘iston Senati raisi edi


Darig‘a Nazarboyevaning Qozog‘iston Senati deputati sifatida vakolatlari tugatildi. Bu haqdagi tegishli farmon Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan 2-aprel kuni imzolangan, deya xabar bermoqda Tengrinews.

Darig‘a Nazarboyevaning senatorlik vakolatlari nima sababdan tugatilgani ma’lum qilinmagan.

Darig‘a Nazarboyeva 2019-yil 20-martdan beri Qozog‘iston Senati spikeri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. To‘qayev uni 2019-yil avgustida senatorlikka qayta tayinlagan, sentabrda esa u Senat raisi lavozimiga qayta saylangan edi.

Darig‘a Nazarboyeva 1963-yil 7-may kuni tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Moskva davlat universiteti, Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik fanlari o‘qituvchisi.

O‘tgan davr mobaynida Qozog‘iston parlamenti raisi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют