» » Toshkentda profilaktika kuni tadbirlarida bilaklariga “Ko‘k kit” timsolini tushirgan o‘quvchilar aniqlandi

Toshkentda profilaktika kuni tadbirlarida bilaklariga “Ko‘k kit” timsolini tushirgan o‘quvchilar aniqlandi


OAVda MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonda o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payib borayotgani qayd etilib, “Ko‘k kit”, “Tinch uy”, “Yugur va halok bo‘l” kabi “o‘lim guruhlari” faoliyati batafsil tahlil etilmoqda. “Jamiyat” gazetasida e’lon qilingan maqolada ham shu haqda so‘z boradi, deya xabar beradi UZ24.

Maqolada, jumladan, shunday deyiladi:

“Taassufki, bunday o‘yinlar ko‘proq bizdan olisda sodir bo‘lyapti, deb befarq qarab bo‘lmaydi. Chunki so‘nggi paytlarda ular mamlakatimiz o‘smirlarini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

Xususan, joriy yil mart oyining navbatdagi profilaktika kunida poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 135-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan ‘Davomat’ tadbirida o‘quvchilarning nafaqat darslarga qatnashishi, balki ularning odob-axloq qoidalariga qanchalik rioya etayotgani ham e’tibordan chetda qolmadi. Maktabning bir sinfiga kirganda tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘quvchilarning bilaklarini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Kutilmagan holat ro‘y berdi: ikki o‘quvchining bilaklarida o‘tkir buyum bilan kesib chizilgan baliq rasmi borligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv davomida ushbu o‘quvchilar internet tarmog‘ida ‘Ko‘k kit’ nomi bilan tarqalgan o‘yinning videoroligini ko‘rib, bilaklariga kitning suratini chizganliklari ma’lum bo‘ldi.

O‘quvchilarning ota-onalari bundan mutlaqo bexabar ekan. Ayanchli hodisa qanday oqibatga olib borishi nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalarga ham tushuntirildi.

IIBB vakili ‘Toshkent’ telekanalining ‘Poytaxt’ axborot dasturiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari vakillari yakuniy maqsadi o‘z joniga suiqasd qilish bo‘lgan ‘Ko‘k kit’ o‘yinida 15-darajaga o‘tgan 5 nafar maktab o‘quvchisini ‘o‘lim guruhi’dan saqlab qolgan”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют