» » Uzreport yil jangi bo‘lishi kutilayotgan Klichko — Joshua to‘qnashuvini jonli ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi

Uzreport yil jangi bo‘lishi kutilayotgan Klichko — Joshua to‘qnashuvini jonli ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi


Uzreport professional boksning super-og‘ir vaznidagi sportchilari — Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi chempionlik jangini jonli efirda namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ma’lumot berdi.

29-aprel kuni 2017-yilning boksdagi muhim voqealaridan biri ro‘y beradi. Unda so‘nggi yillarda ushbu vaznda mutloq yetakchilik qilayotgan Vladimir Klichko hamda ayni vaqtda IBF yo‘nalishida jahon chempioni va hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan Entoni Joshua o‘zaro ringga chiqadi. Boks kechasi Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bu voqeaga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan Uzreport telekanali Klichko — Joshua jangi va shu kechada o‘tkaziladigan boshqa janglarni jonli efirda translyatsiya qiladi.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 124) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют