» » Markaziy bank: O‘zbekistonda YaIMning o‘sishi 2020-yilda 1,5 foizgacha pasayadi

Markaziy bank: O‘zbekistonda YaIMning o‘sishi 2020-yilda 1,5 foizgacha pasayadi


O‘zbekiston Markaziy banki koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2?5,5 foizdan 1,5?2,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. Bu haqda Markaziy bankning “2020-yilning I choragi uchun pul-kredit siyosati sharhi”da ma’lum qilindi.

“Markaziy bankning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilda real yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning o‘sish sur’ati 1,5?2,5 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda”, — deyiladi Markazkiy bank saytida e’lon qilingan sharhda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston iqtisodiyoti Markaziy bankning muqobil ssenariysi bo‘yicha ketmoqda

Dastlabki prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm, mehmonxona biznesi, xalqaro transport, ko‘ngilochar sohalar, sport, eksklyuziv xizmatlar va boshqa sohalarda o‘sish sur’atlarining sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, joriy hisob-kitoblar 2020-yilda yakuniy iste’mol xarajatlari 1,4 foizgacha pasayishi va yalpi asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘sish sur’ati 2019-yildagi 34 foizdan 2020-yilda 6,4 foizgacha sekinlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

“Shu bilan birga, oltin narxining o‘sishi va meva-sabzavot eksportining ko‘payishi davlat budjeti va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum darajada soliq tushumlari kamayishi bo‘yicha ta’sirlarni yumshatadi”, — deyiladi sharhda.

Inqirozga qarshi jamg‘armaning shakllantirilishi va unga xalqaro moliya institutlari mablag‘larining ham jalb qilinishi, shuningdek, karantin davrida daromadlarini yo‘qotgan aholiga yordam berish uchun maxsus jamg‘armalarga mablag‘lar yig‘ilishi kabi choralar, Markaziy bankning fikricha, pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini beradi.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sir ko‘lami va davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolayotgani ta’kidlangan.

“Tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashishi sharoitida mamlakatga kirib keladigan transchegaraviy pul o‘tkazmalari yillik miqdori o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda”, — deyiladi sharhda.

Markaziy bank transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30?35 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 6,01 milliard dollarni tashkil etgan edi. Shunday qilib, pandemiya tufayli 2020-yilda pul o‘tkazmalari hajmi 4 milliard dollargacha pasayishi mumkin.

Qayd etilishicha, aprel-iyul oylarida pul o‘tkazmalarining kamayishi 50 foizga yetishi mumkin va keyinchalik bosqichma-bosqich tiklanish kuzatiladi. Aprel oyida bu ko‘rsatkich 200 million dollardan pastga tushdi va oktabr oyiga kelib esa 500 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Aprel oyining o‘rtalarida iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Bizda iqtisodiy o‘sish bo‘ladi, degan tushunchada turibmiz. YaIM pasaymaydi oz bo‘lsa-da, o‘sish bo‘ladi”, deb aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют