» » Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlarini haqorat qildi. Keyin bu ishi uchun kechirim so‘radi (video)

Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlarini haqorat qildi. Keyin bu ishi uchun kechirim so‘radi (video)


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’da jonli efirga chiqib, ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani aks etgan video internetda tarqaldi.

“Hammasi nomard bular. Bunaqa nomard militsiya ko‘rmaganman. Bugun Mirzo Ulug‘bek trassasiga qarayman, dedi kelgan mayor. Bitta militsiya, bitta ‘GAI’ bering dedim, biz eplolmay qoldik. ‘Xop’ dedi, bermadi. ‘Uchastkovoy’ chiqmadi. Tfu senlarga. Padar la’nati bo‘ldilaring sizlar bugun. Xalq birlashdi, xalqning yonida turmadilaring. Tfu ‘GAI’larga, tfu militsiyaga. Xalq eshitsin, militsiya klizma olmaguncha umuman ishlamaydi. Hozir Karimovni davrida yashamayapsanlar, har kuni klizma olgani. Shunchalik ham klizmaga o‘rganib qolasanlarmi? Vijdonan ishlashni ham o‘rganinglar, soat nechchi bo‘ldi, haliyam uxlayapsizlar?!

Uyat bormi, vijdon bormi? Xalq to‘lagan soliqdan oylik olyapsizlar! Nima qilyapsanlar? Uxlayapsanlar”, — deydi Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlariga qarata.

Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin, odamlar xonandaning ushbu qilmishini qoralab, ichki ishlar organlari xodimlarining yonini olib, videoga munosabat bildira boshladi.

“Yulduz bo‘lsa o‘ziga. Nima bu, og‘ziga qaramay gapiraveradi? Bungayam qolganlarga o‘xshab 15 sutkalab berishsin, ko‘raylik sudlariga borib, maza qilaylik. Kechirim so‘rasin. Xalqim, xalqim, deydi oldiga borsangiz bir tiyinga ilmaydi”, — deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

“Yulduzxonning san’atini yaxshi ko‘radiganlar ko‘p, lekin bu ishi bilan xalqning qahriga uchrabdi. Chunki bugungi kunda ichki ishlar idoralari xodimlari uxlamasdan, tinmasdan xalqning xizmatida, ertalabdan kechgacha fidoiy ishlab turgan paytda bunday gaplarni gapirish juda katta gunoh qilish bilan barobar”, — deydi xalq artistining videosiga munosabat bildirgan yana bir fuqaro.

“Oxirgi ikki oy ichida kim karantinda turgan bo‘lsa yonida militsiya, kim kasal bo‘lsa yonida militsiya, kimni biron joyga olib borish kerak bo‘lsa yonida militsiya, ko‘chada postda turgan militsiya, shuncha kecha-yu kunduz xizmatda bo‘lib, uyma-uy yurib hol-ahvol so‘ragan ichki ishlar xodimlarini yomonga chiqaryapsanmi? Sen kimsan, sening nima haqqing bor militsiyani beobro‘ qilishga? Shuning uchun o‘zingni bosib yurgin, militsiya ko‘tarilsa, ko‘chada bosh ko‘tarib yura olmay qolasan, uyingdan chiqa olmay qolasan!” , — deyiladi yana bir audiomunosabatda.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ham video bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, Yulduz Usmonovaning harakatini qoraladi.

“Yurtimizga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo‘rindir, shuningdek, san’atkorning xabari bo‘lmasa kerak, ikki oy davomida o‘z oilasi va uyiga hattoki bormayotgan ichki ishlar xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo‘q. Chunki, ular xalqning tinchligi yo‘lida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti.

Bir ishning ortidan ichki ishlar xodimlarini ayblash xato bo‘lsa kerak, eslang, Yulduz Usmonova undan oldin OAVlar orqali ichki ishlar xodimlariga minnatdorlik bildirgan kuningizni. Endi, bir achchiq gap bilan ularga bildirgan nafratingiz bu nimaning dalolati? Mayli, achchiq ustida gapirilgan gaplarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarishingiz bu nimasi?

Bugun mamlakatimizda barcha jam, ya’ni Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari, shifokorlarning zahmatkash mehnatini bugun hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik shukuhini ta’minlab berayotgan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi o‘z minnatdorligini bildiradi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Tanqidiy munosabatlardan so‘ng Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlaridan uzr so‘ragani aks etgan videosi e’lon qilindi.

“Hurmatli ichki ishlar, mudofaa, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, ulug‘ ayyom kunlari dilingizni og‘ritgan bo‘lsam hammangizdan uzr so‘rayman. Hammamizda ham ayb bor. Men ko‘rganim uchun gapirdim, Ko‘rganim, gapirganim uchun uzr sorayman” — deydi xonanda ichki ishlar xodimlariga videomurojaatida.

Mavzuga doir: Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют