» » JSST: “AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim etmagan”

JSST: “AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim etmagan”


Koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi bayonot spekulyativ hisoblanadi. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Maykl Rayanga tayanib, New York Post xabar berdi.

“Biz AQSh hukumatidan virusning kelib chiqishga oid biror-bir ma’lumotlarni yoki aniq isbotlarni olmadik. Bizning nuqtayi nazarimizga ko‘ra, bu (koronavirus Xitoyda sun’iy usulda yaratilgani to‘g‘risida) spekulyativligicha qolmoqda”, — deydi Rayan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, JSST AQSh tomonidan koronavirus borasida berilgan har qanday ma’lumotni diqqat bilan o‘rganmoqda.

“Bu kabi ma’lumotlar paydo bo‘lsa, Amerika hukumati u bilan bo‘lishish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak, biroq JSST bundayin axborot vakuumida harakat qilishga qiynalmoqda”, — deydi Rayan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusning Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan kelib chiqqanligidan dalolat beruvchi ma’lumotlarga ega ekanligini ma’lum qilgandi. Aprel oyining o‘rtalarida esa AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatgan edi.

Mavzuga doir: Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida AQSh respublikachi-senatori Tom Kotton koronavirus sun’iy ravishda yaratilganini taxmin qilgan va Xitoyda yagona 4-darajadagi, dunyo bo‘yicha eng xavfli patogen mikroorganizmlar ustida ishlovchi laboratoriya mavjudligini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют