» » Toshkent viloyatida IIBB xodimlari probatsiya nazoratidagi 100 dan ortiq fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatdi

Toshkent viloyatida IIBB xodimlari probatsiya nazoratidagi 100 dan ortiq fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatdi


Toshkent viloyati IIBB Probatsiya bo‘limi tomonidan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida ichki ishlar organlari nazoratida bo‘lgan 150 ga yaqin shaxsga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilgan bo‘lsa, yana 59 nafari ishga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida viloyat IIBB boshlig‘i va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Zangiota tumanda bo‘lib, probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarning yashash xonadonlariga borgan, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, turmush sharoitlarini o‘rgangan edi.

Shuningdek, ularning bandligini ta’minlash orqali yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berib, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilgan edi. Qayd etishlaricha, mazkur tashbbus viloyat ichki ishlar organlari probatsiya guruhlarida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan davom ettirilgan.

Probatsiya hisobida turgan jami 6 847 nafar nazoratdagi shaxs bilan suhbatlar o‘tkazilgan, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 100 ga yaqin ichki ishlar xodimlari ko‘ngilli ravishda o‘z hisoblaridan, nazoratda turgan shaxslarning pandemiya sababli daromad manbaidan ajralgan va ehtiyojmand sharoitda bo‘lgan 144 nafariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam (oziq-ovqat mahsulotlari) yetkazgan.

“Hozirda ushbu xayrli tashabbus ko‘ngilli xodimlar tomonidan davom ettirilmoqda. Shuningdek, tadbir davomida nazorat ostida turgan shaxslarning 59 nafari ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik korxonalariga mavsumiy va doimiy ishga joylashtirildi”, — deyiladi Toshkent viloyati IIBB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют