» » Apple va Google koronavirus tarqalishini kuzatuvchi mobil ilova to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi

Apple va Google koronavirus tarqalishini kuzatuvchi mobil ilova to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi


Amerikaning Apple va Google korporatsiyalari koronavirus tarqalishini kuzatishga mo‘ljallangan maxsus ilovaga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb xabar qiladi DW.

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, ilova geolokatsiya ma’lumotlaridan foydalanmaydi, biroq simsiz shaxsiy Bluetooth tarmoqlari texnologiyasi yordamida ishlay oladi. Bundan tashqari, u foydalanuvchilarning ma’lumotlaridan maqsadli reklama yo‘lida ishtalishni ko‘zda tutmaydi.

Ilova keyinchalik infeksiya aniqlangan foydalanuvchining qurilmasi yaqinida bo‘lgan barcha mobil telefonlarga maxsus xabarnomalar yuboriladigan tarzda dasturlanadi.

Matbuot anjumani vaqtida Google va Apple kompaniyalari vakillari mobil ilovani yaratishda faqatgina zarur bo‘ladigan texnik asoslar, shuningdek, uning interfeysi va dizayniga oid tavsiyalarni taqdim etishlarini ma’lum qildi.

Dasturiy ta’minotni ishga tushirish uchun javobgarlik alohida mamlakatlar sog‘liqni saqlash idoralariga yuklatilgan. Biroq anjuman vaqtida ushbu vazifa aynan qaysi idoralar zimmasiga tushganligiga aniqlik kiritilmagan.

Mobil ilova iOS va Android qurilmalarida ishlashga mo‘ljallangan. Undan ko‘ngilli ravishda foydalanish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют